1860 yillar atrofida Janubiy Afrikada tuyaqushlardan tijorat sifatida
foydalanila boshlandi.
1869 yilda tuyaqush tuxumlari uchun birinchi inkubator yaratildi va
tuyaqushchilik foyda keltiruvchi mashg`ulotga aylandi. XX asr boshida soha gullab yashnadi.
1940 yilga kelib 1 million bosh tuyaqushi bo`lgan sanoatga bo`lgan talab keskin tushib ketdi. Bu Birinchi Jahon urushidan keyingi umumiy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, avtomobillarning tarqalishi, ayollar modalarining (ayniqsa, shlyapalarning ochiq kabrioletlarda shamolda uchib ketishi) uzgarishi, shuningdek, patlar savdosidagi uyushmagan bozor bilan bog`liq edi. Bu krisis Janubiy Afrikada 1945 yilgacha, barcha tuyaqush mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning “Klein Karoo” uyushmasiga birlashgunlaricha davom etdi. Uyushgan aksiyalarning kirib kelishi, sotuvning tartibga tushishi sohaning kuchli krisisdan chiqishiga yordam berdi.
1963 yilda Janubiy Afrikada
tuyaqush go`shti mahsulotlarini
qayta ishlovchi birinchi ishlab chiqarish sexi tashkil qilindi. Bu nafaqat tuyaqush pati, balki go`sht va
teri oluvchi yangi davri aylandi.
Tuyaqush 3 yoshda, urg`ochisi esa 2 yoshdan keyin voyaga etadi. Bitta tuyaqush bir mavsumda 40-60 tagacha, AQSHning fermer xo`jaliklarida esa 100 ta va undan ortiq tuxum qo`yadi. Tuxum quyish mavsumi asosan joyning iqlimiy shart-sharoitlariga bog`liq bo`lib, O`zbekistonda bu sentyabr-oktyabr oylariga to`g`ri keladi. Bu mavsum 3 oydan kam bo`lmaydi. Tuyaqushlarni so`yish yoshi 10 oyligidan (vazni 95 kg dan oshgach) boshlanadi. Bunda 35-55 kg go`sht, 95-120 dm2 teri olinadi.
Oxirgi bir necha yilda dunyoda tuyaqush boqishda iqtisodiy barqarorlikka erishilmoqda. Bizning kompaniyamiz JAR, AQSH va Ukraina (Evropadagi eng katta hisoblangan tuyaqush fermasi) kabi davlatlar tajribalarini chuqur o`rganib, o`larning tavsiyalari asosida tuyaqushlarning seleksiya va inkubasiyasi hamda ovqatlanish rasionini keng qo`llab kelmoqda.